Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Ma’naviy tayyorgarlik – kuchli armiya poydevori

16:50, 23.07.2025      

Bugungi globallashuv davrida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani saqlash va ma’naviyatni mustahkamlash har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning ruhiy-ma’naviy tayyorgarligini oshirish, ularni Vatanga muhabbat, xalqimizning buyuk tarixiy merosi ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir.

Shu maqsadda Farg‘ona viloyatidagi Milliy gvardiya boshqarmasi Madaniyat markazida “Birinchi Renessans poydevori yaratilishi” mavzusida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo’lib o’tdi. Unda Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Qahramonjon Nuraliyev ishtirok etdi.

Mashg‘ulot doirasida IX–X asrlarda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik buyuk allomalar — al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, al-Farg‘oniy va Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlarning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, ularning dunyo ilmiy tafakkuridagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, Birinchi Renessans davri – bu xalqimiz tafakkurining, ilmiy salohiyatining yuksalgan, jamiyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan davrdir. Bugungi kunda harbiylarimiz ham bu tarixiy merosni chuqur anglab, o‘z xizmat faoliyatida ma’naviyatni ustuvor tamoyil sifatida qabul qilmoqdalar.

Milliy gvardiya xodimlari uchun bunday ma’ruza nafaqat bilim manbai, balki ruhiy yuksalish, milliy iftixor manbai bo‘ldi.