Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA SHAHRI “TALABAEXPO – 2025” KO’RGAZMASIGA MEZBONLIK QILMOQDA

15:40, 24.07.2025      

Farg‘ona shahri katta va muhim voqeaga guvoh bo‘ldi — bu yerda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar hayotida to‘g‘ri kasb tanlovi – ularning kelajakdagi barqarorliklari, ijtimoiy faolligi va iqtisodiy erkinligining muhim tayanchidir. Shu bois, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — ularning bandligini ta’minlash, qiziqishlari va iste’dodlariga mos kasbga yo‘naltirishdir. Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilgan loyihalardan biri bu — “TalabaExpo – 2025” ko‘rgazmasidir.

“TalabaExpo – 2025” ko‘rgazmasi “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi — bitiruvchi yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot platformasini yaratish, yoshlarga kasbiy yo‘nalish berish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni real loyihalarga aylantirishga ko‘maklashishdir.

Ushbu ko‘rgazmada Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlari faol ishtirok etdi. Fakultetlar o‘z ta’lim yo‘nalishlarini tanishtirish, talabalarning loyihalari, ilmiy ishlanmalari va innovatsion g‘oyalari bilan tashrif buyuruvchilarni yaqindan tanishtirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa nafaqat yoshlar, balki ish beruvchilar uchun ham yangi salohiyatli kadrlar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Ko‘rgazma doirasida:

  • -ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida yuzlab intervyular o‘tkazildi;
  • -amaliy seminarlar va master-klasslar tashkil qilindi;
  • -kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha individual maslahatlar berildi;
  • -yoshlarning startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bu esa yoshlarning kasbga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda va o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishida muhim qadam bo‘ldi.

“TalabaExpo – 2025” — bu oddiy ko‘rgazma emas. Bu yoshlar orzulariga yetaklovchi, kelajakni hozirdan qurishga undovchi katta maydon. Mazkur tashabbus nafaqat kasb tanlashda, balki o‘z yo‘lini topishda, o‘ziga ishonch hosil qilishda, yurtga foydali bo‘lish yo‘lida qat’iyatli qadamlar tashlashda yosh avlod uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi.