Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyning Henan provinsiyasi, Jengjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanghay Hamkorlik Tashkilotining Media va Tahlil sammiti doirasidagi “Madaniy merosni muhofaza qilish va qazuv tadqiqotlarini rivojlantirish” simpoziumida ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli simpozium doirasida madaniy merosni asrash, arxeologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy kadrlar tayyorlash borasida bir qator xalqaro masalalar muhokama qilindi. Xususan:
Sammit davomida Farg‘ona davlat universitetining Arxeologiya kafedrasi professori Mutalibjon Xasanov va Henan provinsiyasi Madaniy meros agentligi direktori Ren Wei ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Ma’ruzalar madaniy merosni ilmiy asosda o‘rganish, arxeologik boyliklarni zamonaviy yondashuvlar bilan asrash yo‘nalishlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Simpozium yakunida tomonlar o‘rtasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Ushbu tashrif Farg‘ona davlat universitetining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir. FDU delegatsiyasining Xitoydagi ishtiroki – bu kelajak avlod arxeologlari uchun mustahkam ilmiy poydevor demakdir.