Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 380
  • Ko`rib chiqilganlar 345
    • Takliflar 50
    • Arizalar 292
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO TA’LIM HAMKORLIGI: XORIJIY ABITURIYENTLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

12:09, 25.07.2025      

Fargʻona davlat universiteti (FarDU) delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim dargohi — O‘sh davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif FarDU rektori buyrug‘iga asosan tashkil etilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Rasmiy uchrashuv va o‘zaro anglashuvlar davomida FarDU delegatsiyasi O‘sh davlat universiteti rektori professor K.G. Kojobekov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida ta’lim, fan va kadrlar almashinuvi borasida dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda ta’lim tizimidagi qo‘shma tashabbuslar, akademik almashinuvlar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga doir aniq kelishuvlar belgilandi.

Muhokamalarda alohida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlardan biri — O‘shDUga hujjat topshirib, yetarli ball to‘play olmagan xorijiy abituriyentlarni suhbat asosida FarDUdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish imkoniyatidir. Bu esa xorijlik yoshlarga O‘zbekistonda sifatli ta’lim olish uchun yangi eshiklar ochmoqda.

FarDU tomonidan taqdim etilgan imtiyozlar va yaratilgan sharoitlar bo‘yicha kengroq axborot berildi. Bunday yondashuv ikki universitet o‘rtasidagi ishonchli va barqaror hamkorlikning amaliy ifodasidir.

Tashrif doirasida kelishilgan tartib asosida FarDU vakili 23-iyuldan boshlab O‘shDUda tashkil etilgan qabul komissiyasi tarkibida faoliyatini rasman boshladi. Bu esa xorijiy abituriyentlarga konsultatsiya, yo‘naltirish va qabul jarayonida amaliy yordam ko‘rsatish imkonini yaratmoqda.