Fargʻona davlat universiteti(FarDU) delegatsiyasi xalqaro taʼlim aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining Oʻsh shahrida xizmat safarida bo‘ldilar.
Tashrif doirasida delegatsiya Oʻsh davlat universiteti hamda Oʻsh davlat gumanitar va pedagogika universitetida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim muzokaralarni olib bordi.
Mazkur tashrif davomida universitetlar o‘rtasida mavjud hamkorlik shartnomasi asosida bir qancha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan:
OʻshDU va OʻshDGP universitetiga hujjat topshirgan, biroq test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan xorijiy abituriyentlarni Farg‘ona davlat universitetidagi mavjud taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish masalasida kelishuvga erishildi.
Bu tashabbus xorijiy yoshlar uchun o‘z iqtidorini namoyon qilish, oliy ta’lim olish imkoniyatlarining yo‘lini ochadi. Shu bilan birga, FarDUning xalqaro taʼlim maydonidagi nufuzini oshiradi.
FarDU delegatsiyasi tomonidan Oʻshdagi universitetlarga suhbat asosida qabul tartibi, mavjud taʼlim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va amaliy baza haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ushbu tashabbus:
Fargʻona davlat universitetining Oʻshdagi oliy taʼlim muassasalari bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy va mazmunli hamkorligi — bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarning mustahkamlanishi, balki yoshlar uchun ta’limda yangi imkoniyatlar eshigini ochilishidir.
Ushbu tashrif va erishilgan kelishuvlar FarDUning xalqaro platformadagi ishonchli va ochiq hamkor sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab, universitetning strategik rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.