Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 380
  • Ko`rib chiqilganlar 345
    • Takliflar 50
    • Arizalar 292
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

QIRG’IZISTON OTMLARIDA FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETINING QABUL KOMISSIYASI SHTABI FAOLIYAT BOSHLADI

15:10, 25.07.2025      

Bugun oliy ta’lim – nafaqat ilm-fan taraqqiyoti, balki iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalarning eng muhim tayanchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu ma’noda, Fargʻona davlat universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar Markaziy Osiyodagi ta’lim sohasidagi strategik qadamlar sifatida e’tiborni tortmoqda.

Fargʻona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va rahbar-xodimlaridan iborat delegatsiya yaqinda Qirgʻiz Respublikasining 10 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalariga xizmat safariga yuborildi. Safar davomida tomonlar oʻrtasida ta’lim, ilmiy izlanishlar, qo‘shma dasturlar va talabalar almashinuvi bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Bu tashabbus nafaqat ilmiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki universitetga xorijiy talabalarni keng jalb etish orqali investitsiyaviy faollikni oshirish maqsadida ham muhim ahamiyatga ega.

Xususan, Oʻsh viloyatidagi nufuzli Qirgʻiz-Oʻzbek xalqaro universitetida Fargʻona davlat universitetining qabul komissiyasi shtabi tashkil etildi. Ushbu shtab bugungi kunda faoliyatini boshlagan bo‘lib, xorijiy abituriyentlarga hujjat topshirish, maslahatlar berish va o‘qishga qabul qilish jarayonlarini professional darajada olib bormoqda. Bu tashabbus orqali ko‘plab Qirg‘izistonlik yoshlar o‘z ta’lim yo‘lini aynan O‘zbekistondagi nufuzli oliygohlardan biri – Fargʻona davlat universitetida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Ushbu hamkorlik tashabbuslari nafaqat ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlaydi, balki butun mintaqada ta’lim, fan va innovatsiya sohasidagi integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Fargʻona davlat universitetining bu boradagi faoliyati esa, albatta, kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.