Ushbu tashrif ichki turizmni rivojlantirish, talabalarni joylardagi tarixiy, madaniy va turistik salohiyat bilan yaqindan tanishtirish, hamda nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Rishton tumani o‘zining qadimiy kulolchilik an’analari, betakror tabiati va xalq hunarmandchiligi bilan O‘zbekiston ichki turizmida muhim o‘ringa ega. Talabalar Rishtonning eng mashhur kulolchilik ustaxonalariga tashrif buyurib, milliy hunarmandchilik jarayonlarini jonli ravishda kuzatish, ustalar bilan bevosita suhbatlashish va mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish sirlaridan boxabar bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tashrif davomida talabalar:
Mazkur tashrif orqali yoshlar nafaqat turizmning amaliy jihatlarini chuqur o‘rganishdi, balki mahalliy iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga ta’sir ko‘rsatayotgan turizmning muhim jihatlarini ham anglab yetishdi.
Ichki turizm nafaqat mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi yo‘nalish, balki yosh avlodni o‘z madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va ommalashtirish vositasi hamdir. Shu ma’noda, bunday tashriflar talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish bilan birga, turizm sohasida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga ham zamin yaratadi.