Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 380
  • Ko`rib chiqilganlar 345
    • Takliflar 50
    • Arizalar 292
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI LUOYANGDA AMALIY ARXEOLOGIK TAJRIBADA

11:55, 26.07.2025      

Farg‘ona Davlat Universitetining Arxeologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan 8 nafar iqtidorli talabasi Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy shahri — Luoyangga tashrif buyurdi. Bu tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar zamonaviy dala arxeologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Ushbu tashabbus Farg‘ona Davlat Universiteti hamda Luoyang Arxeologik Tadqiqotlar Instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, loyiha doirasida “O‘zbekiston–Xitoy dala arxeologiyasida zamonaviy vositalardan foydalanish” mavzusida maxsus o‘quv-amaliy darslarga start berildi.

Hozirda talabalar Luoyang shahrining mashhur madaniy maskanlaridan biri — Luoyang muzeyida bo‘lib, “Muzeyshunoslik va topilmalarni ko‘rgazmaga tayyorlash” yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Darslarni Luoyang Arxeologik Tadqiqotlar Institutining tajribali ilmiy xodimi Hao Juntao olib bormoqda. U talabalarni arxeologik topilmalarni saqlash, kataloglash, restavratsiya qilish va ko‘rgazmaga tayyorlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirmoqda.

Mazkur dastur yosh arxeologlar uchun nafaqat nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, balki xalqaro tajribani o‘rganish, ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rish hamda O‘zbekiston arxeologiya sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida katta imkoniyat yaratadi.

Farg‘ona Davlat Universiteti va Luoyang Arxeologik Tadqiqotlar Instituti o‘rtasidagi bu kabi tashabbuslar ilmiy almashinuvni kuchaytirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.