Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 380
  • Ko`rib chiqilganlar 345
    • Takliflar 50
    • Arizalar 292
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“DOLZARB 90 KUN” YOSHLAR, HARBIYLAR VA G’OYALAR UCHRASHUVI

16:14, 29.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi tashabbusi bilan Farg‘ona shahar Qirg‘uli mavzesidagi sport-sog‘lomlashtirish majmuasida mahalla yoshlari uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda turli sport turlari, jumladan, mini-futbol, yugurish, jismoniy chiniqish va estafeta musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, FarDU Harbiy ta’lim fakulteti tomonidan ham yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida muhim tashabbus amalga oshirildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Harbiy ta’lim fakultetiga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiyada Farg‘ona shahridagi “Ideal” xususiy maktabining 20 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi. Yoshlar universitet harbiy fakultetining o‘quv-laboratoriya bazasi, jihozlari, harbiy-sport maydonlari, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur tashrif ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi, kelajakda harbiy sohani tanlash istagini kuchaytirdi.

Farg‘ona davlat universiteti yoshlar bilan ishlashda nafaqat ilmiy va tarbiyaviy yo‘nalishda, balki jismoniy, harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Bu kabi loyihalar nafaqat yoshlar ongini shakllantirish, balki ularni jamiyatga foydali, vatanparvar va sog‘lom fikrlovchi inson sifatida voyaga yetkazishga xizmat qiladi.