Farg‘ona davlat universiteti ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlikdagi faolligi bilan yana bir bor dunyo e’tiboriga tushdi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida faqat Farg’ona davlat universiteti nomi Xitoyning nufuzli “Xinhua” axborot agentligi tomonidan e’tirof etildi!
Bu yuksak baho Shanxay Hamkorlik Tashkilotining “Media va tahlil” sammiti hamda madaniy merosga bag‘ishlangan xalqaro simpozium doirasida berildi. Forum doirasida Farg‘ona davlat universiteti va Xitoyning Luoyang arxeologik tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Tadbirda SHHTga a’zo mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning ilmiy vakillari ishtirok etdi. Forumda so‘z olgan taniqli arxeolog olim, professor Wang Wei FarDU bilan Luoyang arxeologik tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlik natijalari haqida alohida to‘xtaldi.
U o‘z chiqishida:
Bu hamkorlik ikki xalqning qadimiy tarixini o‘rganishda ham, yosh mutaxassislarni tayyorlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Farg‘ona vodiysining boy tarixiy merosini o‘rganish, uni ilmiy asosda tadqiq qilishda FarDUning roli tobora ortib bormoqda. Universitet arxeologiya, etnologiya, madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati bilan nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham tan olinmoqda.
Ushbu xalqaro e’tirof – bu universitet jamoasining fidokorona mehnati, ilmga sadoqati va samarali strategik hamkorlik siyosatining mantiqiy natijasidir.
FarDU va Luoyang arxeologik tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik kelajakda ham yanada kengayib, qo‘shma ekspeditsiyalar, nufuzli ilmiy nashrlar, xalqaro simpoziumlar va innovatsion loyihalar orqali davom etishi rejalashtirilgan.