Joriy 2025-yilning 9-avgust kuni soat 1000 ga belgilangan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.B.05.03 raqamli biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi onlayn majlisida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Davranov Abduxaliq Mashrapovichning 03.00.13-Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Sholi yetishtirilayotgan gidromorf tuproqlarning xossa-xususiyatlari va ular unumdorligini baholash uslublarini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu Ilmiy kengash Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Tel.: (99873) 244–44–02; faks: (99873) 244–44–93, e–mail: fardu_info@umail.uz)