Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI — INNOVATSION G’OYALAR VA ILMIY ISHLANMALAR MARKAZIDA

13:25, 05.08.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 3/7-247-sonli topshirig‘iga muvofiq, Farg‘ona viloyatida Hududiy ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti o‘zining ilg‘or ishlanmalari va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan faol ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida universitet olimlari, doktorantlari, yosh tadqiqotchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan:

  • -tijoratlashtirishga tayyor startap loyihalar,
  • -amaliy ahamiyatga ega ilmiy ishlanmalar,
  • -turli sohalar uchun mo‘ljallangan innovatsion texnologiyalar taqdim etildi.

Ular orasida qishloq xo‘jaligi, ekologiya, axborot texnologiyalari va sanoat tarmoqlariga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar alohida e’tiborni tortdi. Ko‘rgazma mehmonlari taqdimotlar, maketlar va demo-versiyalar orqali ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir ilm-fanni ommalashtirish, yosh olimlarni rag‘batlantirish va ilmiy ishlanmalarni real iqtisodiyotga yo‘naltirishda muhim maydon vazifasini o‘tadi. Farg‘ona davlat universitetining bunday ko‘rgazmalardagi faol ishtiroki esa uning nafaqat ta’lim, balki innovatsiyalar bozoridagi yetakchi o‘rnini yana bir bor isbotlamoqda.