Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN”: UNIVERSITET YOSHLARI – SOG’LOM AVLOD UCHUN

11:43, 06.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jismoniy madaniyat fakultetidan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sog‘lom o‘yinlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshloq tumani Zarkent shaharchasidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan kichik yoshdagi bolalar uchun turli harakatli o‘yinlar va sport mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbirlar bolalarning jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularda jamoada harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida bolalar nafaqat faol harakatlanadi, balki yangi o‘yin qoidalarini o‘rganib, bir-biriga yordam berish va raqobatlashish madaniyatini ham egallashadi.

Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi “Bo‘ston” va “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun turli sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va jamoada ishlash madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan. Musobaqalarda futbol, voleybol, stol tennisi kabi turlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirilmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi nafaqat sport tadbirlarini, balki yoshlarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan ijtimoiy tashabbuslarni ham o‘z ichiga oladi. Farg‘ona davlat universitetining bu boradagi faol ishtiroki yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.