Farg‘ona davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Wegweiser MCHJda amaliyot o‘tab kelmoqdalar. Ushbu amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, til amaliyotini rivojlantirish va pedagogik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Amaliyotchi talabalar nemis tili bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini nafaqat mustahkamlashmoqda, balki til o‘rganishga qiziqqan yoshlar bilan faol muloqot olib borishmoqda. Mashg‘ulotlar davomida ular interaktiv uslublar, o‘yin texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash orqali darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazishga intilmoqdalar.
Mazkur amaliyot jarayoni talabalarga:
Shuningdek, bu tajriba kelgusida ularning o‘z kasbida malakali mutaxassis sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar yoshlarning bilim darajasini oshirish bilan birga, ularni jamiyatga foydali bo‘lishga, o‘z sohasida yetuk mutaxassisga aylanishga undaydi.
Farg‘ona davlat universiteti talabalari ushbu faoliyati bilan nafaqat o‘z ustida ishlash, balki boshqalarga bilim ulashish orqali ham o‘ziga xos ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.