Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN” — TIL O’RGANISH TO’GARAKLARI

13:01, 06.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, xorijiy tillarni o‘rgatish va til o‘rganishga qiziqishni oshirish maqsadida bir qator to‘garak va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari tashabbusi bilan:

  • -Farg‘ona shahar 31-maktabida “Little Genius” nomli;
  • -Buvayda tumani 12-maktabida esa “Fun with English” nomli ingliz tili to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur to‘garaklarda bolalar ingliz tilini interaktiv o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar va suhbat mashg‘ulotlari orqali o‘rganmoqda. Darslar davomida talabalarning yangicha yondashuvi tufayli bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.

Shuningdek, Filologiya fakulteti rus tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalari esa ta’til davrida Buvayda tumani “Ifraganus” o‘quv markazida rus tili bo‘yicha bepul mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Bu mashg‘ulotlar yoshlarning so‘z boyligini oshirish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

“Dolzarb 90 kun” doirasidagi bunday tashabbuslar nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, balki ularning intellektual rivojlanishiga, chet tillarini puxta o‘zlashtirishiga va kelgusida kasbiy jihatdan raqobatbardosh bo‘lishiga xizmat qilmoqda.