Xorijiy til ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash hamda yoz faslini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti talabalari xalqaro “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyada bo‘lib turibdi. Bu loyiha nafaqat ish tajribasini orttirish balki yangi madaniyatlar bilan tanishish imkonini ham beradi.
Chet tillari fakulteti 2-bosqichining 30 nafardan ortiq talabasi hozirda Germaniyaning turli shaharlarida ishlash bilan birga, madaniy tadbirlarda ishtirok etib, mintaqaning urf-odatlari va hayot tarzi bilan yaqindan tanishmoqda. Bu safar ularning nemis tilidagi muloqot mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Filologiya fakulteti o‘zga tilli guruhlarida tahsil olayotgan rus tili yo‘nalishi talabalari ham “Work and Travel” dasturi orqali Germaniyada faoliyat olib bormoqda. Ular ish faoliyati bilan birga, mamlakatning tarixiy obidalari, muzeylari va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, umumiy dunyoqarashini kengaytirmoqda.
Yoshlarni o’ziga jalb qilishda faollik ko’rsatayotgan ushbu “Work and Travel” dasturi yoshlarning:
Farg‘ona davlat universiteti talabalari ushbu safarlar orqali nafaqat o‘z bilimlarini oshirmoqda, balki yurtimiz nomini munosib ravishda xalqaro maydonda targ‘ib qilmoqda.