Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“KARYERA KUNI” – BITIRUVCHILAR YORQIN KELAJAK SARI

14:51, 06.08.2025      

“Karyera kuni” – nafaqat bitiruvchilar hayotidagi muhim bosqich, balki ularning kasbiy yo‘nalishida yorqin sahifa ochadigan, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish va kelajakka dadil qadam qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratadigan tadbirdir.

Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti Ijtimoiy ish va sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun unutilmas kun.

Fakultetda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Karyera kuni” tadbiri bu yil ham yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Mazkur tadbir bitiruvchilarni kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlariga yo‘naltirish, ish beruvchilar bilan bevosita uchrashuv tashkil etish va ularning kasbiy istiqbolini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, universitet talabalar amaliyoti bo‘limi mutaxassislari, bitiruvchi talabalar va ularning ota-onalari, shuningdek, ish beruvchi hamkor tashkilot — Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar. Bu esa nafaqat talabalar uchun, balki ota-onalar va hamkorlar uchun ham o‘zaro fikr almashish, kelgusi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.

Tadbirning asosiy qismi ish beruvchi tashkilot vakillari bilan bevosita muloqot shaklida o‘tdi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, mehnat bozoridagi dolzarb talablar, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari, ijtimoiy sohada faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida so’z olgan fakultet dekani bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi va ularni kelgusida jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishga chorlab, “Bugun sizlar nafaqat diplom egasi bo‘ldingizlar, balki kelajagingizga mustahkam poydevor qo‘ydingizlar” deya ta’kidladi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar hamda universitet rahbariyatining maxsus tashakkurnomalari topshirildi. Ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabriklar va iliq tilaklar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.