Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA TALABALAR UCHUN SAMARALI AMALIYOT

15:05, 06.08.2025      




Farg‘ona davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yozgi amaliyotlar nafaqat o‘quv jarayonining ajralmas qismi, balki talabalar uchun haqiqiy kasbiy tajriba maktabiga aylanmoqda.

Tabiiy fanlar fakultetining biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar Quvasoy shahrida joylashgan “Garden Catering” MCHJ qo‘shma korxonasida yozgi tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazmoqda.

Amaliyot davomida talabalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, gigiyena va sifat nazorati standartlari, hamda oziq-ovqat xavfsizligi talablarini chuqur o‘rganmoqda. Bu tajriba ularning nazariy bilimlarini real ish jarayonida qo‘llash va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Agrar qo‘shma fakulteti talabalari Toshloq tumanidagi “Vakkas” korjoma ishlab chiqarish korxonasida amaliyot o‘tab kelmoqda.

Ular korxonaning paxta-to‘qimachilik jarayonlari, mahsulot sifatini nazorat qilish bosqichlari va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishmoqda. Bunday amaliyotlar talabalarga sanoatning ichki jarayonlarini bevosita ko‘rish va kelajakdagi ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan malakalarni shakllantirish imkonini beradi.

“Dolzarb 90 kun” dasturi talabalarga:

  • -o‘z sohalarida amaliy tajriba orttirish;
  • -ishlab chiqarishning zamonaviy jarayonlari bilan tanishish;
  • -kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkonini yaratadi.

Farg‘ona davlat universiteti bunday amaliyotlarni tizimli ravishda tashkil etish orqali talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga tatbiq etish va real sektor bilan yaqindan hamkorlik qilishni maqsad qilgan.