Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“YOSHLAR VESTURES” — INNOVATSION G’OYALAR SARI DADIL QADAMLAR!

15:40, 06.08.2025      

Farg‘ona Yoshlar Texnoparki — ijodiy fikr, yangi texnologiyalar va startap tashabbuslari jam bo‘ladigan, g‘oyalar hayotga tatbiq etiladigan maskan sifatida tobora e’tiborni tortmoqda. Ana shunday imkoniyat maydonida “Yoshlar Ventures” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti talabalarining bir qator istiqbolli, kreativ va amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalari taqdim etildi. Loyiha mualliflari o‘z ishlanmalarini ishtirokchilar va mutaxassislar e’tiboriga havola qilar ekan, ularning nafaqat g‘oyasi, balki amalga oshirish mexanizmlari, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati ham alohida ta’kidlandi.

Mutaxassislar yoshlarning texnologik yangiliklarga bo‘lgan qiziqishi, zamonaviy muammolarga noodatiy yondashuvi hamda ijodkorlik salohiyatini yuqori baholadilar. “Bunday tashabbuslar yoshlarning kelajakdagi karyerasi va mamlakat innovatsion rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi”, deya ta’kidladilar ishtirokchilar.

“Yoshlar Ventures” nafaqat taqdimotlar maydoni, balki yoshlar uchun hamkor topish, mentorlik qo‘llab-quvvatlash va o‘z g‘oyalarini real biznes loyihalarga aylantirish imkoniyatini beruvchi muhim bosqich bo‘ldi.