2025-yil 9-avgust kuni soat 10:00 da Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.PhD.03/27.09.2024.Ped.05.10 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (13.00.04 - "Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi boʻyicha) ning navbatdagi majlisi oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1.Farg’ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchi Meliqo‘ziyev Azizjon Adxamjon o‘g‘lining 13.00.04 - "Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi boʻyicha “11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasi muhokamasi.
Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Fargʻona shahri, Al Farg‘oniy ko’chasi, 42-uy, Fargʻona davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti binosi.