Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALAR TASHABBUSI – SPORT VA SOG’LOM TURMUSH TARZI

16:53, 08.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Turli fakultetlar tashabbusi bilan hududlarda sport mashg‘ulotlari va musobaqalar tashkil etilmoqda.

Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari uchun stol tennis mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Bu nafaqat sport bilan shug‘ullanish, balki yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

Shuningdek, fakultet tashabbusi bilan "Shakarqishloq" MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbir do‘stona raqobat ruhida o‘tib, mahalla yoshlari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari esa Farg‘ona shahridagi 13-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun voleybol bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Bu jarayonda yosh sportchilar o‘z texnik mahoratini oshirish, jamoada ishlash va sog‘lom hayotga intilish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.

Mazkur tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga, jismoniy sog‘lomligini mustahkamlashga va ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti bunday loyihalar orqali nafaqat ta’lim, balki jamiyatning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etayotganini yana bir bor isbotlamoqda.