Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA “KITOBXON YOZ” LOYIHASI

17:03, 08.08.2025      

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida bir qator qiziqarli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Chet tillari, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida rang-barang kitob yarmarkasi tashkil etildi. Bu yarmarkada o‘quvchilar va talabalar turli janrdagi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlariga manzur asarlarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir nafaqat savdo maydoni, balki adabiy muloqot va ijodiy fikr almashish makoniga aylandi.

Shuningdek, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan “Kitobxon yoz” loyihasi doirasida “Smart Learner” o‘quv markazi o‘quvchilari bilan birgalikda Viloyat kutubxonasiga sayohat uyushtirildi. Kutubxona xodimlari ishtirokchilarga boy kitob fondi, zamonaviy o‘quv zallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, kitob mutolaasi nafaqat bilim manbai, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Asarlar orqali o‘quvchilar sadoqat, muhabbat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularning kelajakda barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.