Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR: AMALIY KASBLAR VA ZAMONAVIY KO’NIKMALAR

15:13, 09.08.2025      

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni istiqbolli kasblarga yo‘naltirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar bilan ta’minlash yo‘lida izchil ishlar olib bormoqda. Shu maqsadda fakultet Farg‘ona shahri “Kasbiy ko‘nikmalar markazi” bilan hamkorlikda zamonaviy o‘quv kurslarini tashkil etdi.

Xususan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan Axborot texnologiyalari bugungi davrda har bir yosh uchun zarur ko‘nikma sanaladi. Shu bois mazkur kursda tinglovchilar:

  • -kompyuterda samarali ishlash;
  • -sun’iy intellektdan foydalanish asoslari;
  • -zamonaviy dasturlar va innovatsion uskunalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘zlashtirmoqdalar.

Darslar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan olib borilib, tinglovchilar nafaqat dastlabki bilimlarga ega bo‘ladilar, balki real loyihalar ustida ishlash orqali tajriba to‘plash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Kurs yakunida beriladigan sertifikat esa ularga axborot texnologiyalari sohasida mehnat faoliyatini boshlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur hamkorlik doirasida ijod va san’atga oid yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratadi. Sartaroshlik va stilistika kurslari zamonaviy go‘zallik industriyasida o‘z o‘rnini topishni istagan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu mashg‘ulotlarda:

  • -soch turmaklash san’ati va texnikalari;
  • -stilistika asoslari;
  • -mijoz bilan ishlash madaniyati va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha bilimlar beriladi.
Tajribali ustozlar ishtirokida olib boriladigan darslar davomida tinglovchilar amaliy mashqlar orqali o‘z mahoratini oshiradilar.