Universitetning Tarix fakulteti tomonidan "Milliy tiklanish" partiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar “Shodiyona” MFYda “Toza likopcha” loyihasi doirasida aholi o'rtasida muloqotlar tashkil etildi.
Unda fakultetprofessor-o'qituvchilari tomonidan to‘y va boshqa marosimlarni tartibga solish, isrofgarchilikni oldini olish, sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushuntirishlar hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.
"Toza likopcha" aksiyasi oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish muhimligini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusdir. Bunday aksiyalar turli mamlakatlarda o‘tkaziladi va ularning maqsadi oziq-ovqatlarni isrof qilmaslik, iste’mol odatlarini o‘zgartirish hamda oziq-ovqat tanqisligi muammosiga e’tiborni jalb qilishdan iborat.