Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TARIX FAKULTETI TALABALARI GERMANIYADA: BILIM VA TAJRIBA SARI XALQARO SAFAR

16:03, 09.08.2025      

Tarix fakulteti talabalari hozirda “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning eng go‘zal va tarixiy shaharlardan biri — Vurtsburgda faoliyat yuritmoqda. Bu safar ularga nafaqat xalqaro ish tajribasini orttirish, balki dunyoqarashlarini kengaytirish, yangi madaniy muhitni chuqur anglash imkonini bermoqda.

Vurtsburg — boy tarix va o‘ziga xos me’morchilik merosiga ega shahar. Bu yerda talabalar o‘z kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, Germaniyaning ish tizimi, xizmat madaniyati va mehnat bozoridagi amaliy tajribani ham o‘rganmoqdalar.

Ish faoliyatidan tashqari, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, shahar muzeylari, tarixiy obidalar, teatr va san’at galereyalarini ziyorat qilmoqdalar. Shuningdek, ular nemis xalqining urf-odatlari, milliy taomlari va turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, o‘zaro madaniy almashuv jarayonida faol ishtirok etmoqda.

“Work and Travel” dasturi talabalar uchun nafaqat xorijiy tillarni amaliy o‘rganish, balki mustaqil hayot tajribasini orttirish, mas’uliyat, intizom va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fakultet rahbariyati ta’kidlaganidek, bunday xalqaro loyihalar yoshlarning professional rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun Germaniyada o‘z orzulari sari dadil qadam tashlayotgan talabalar ertaga Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadi.