Xalqaro integratsiya doirasida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari Qirg‘izistonning Batkent davlat universitetida uchrashuv va targ‘ibot ishlarini tashkil etdilar. Ushbu tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini ochishga qaratildi.
Tadbir davomida Batkent davlat universitetida tahsil olayotgan bir qator talabalar Farg‘ona davlat universitetida o‘qish istagini bildirishdi. Fakultet vakillari ularga:
Uchrashuv jarayonida ikki universitet o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Bu esa kelajakda ikki tomonlama loyihalar, qo‘shma ilmiy ishlanmalar va talabalar uchun qo‘shimcha o‘qish imkoniyatlarini yaratadi.
Tashrif ishtirokchilari bunday uchrashuvlar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki yoshlarni o‘z qobiliyat va bilimlarini yanada rivojlantirishga undashini ta’kidladilar.