Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Oxunjonov Firo‘zsho hozirda xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalanib, “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning zamonaviy va serg‘ayrat shaharlaridan biri — Düsseldorf yaqinidagi Krefeldda faoliyat yuritmoqda.
Bu safar Firo‘zshoga nafaqat kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, balki yangi madaniyat bag‘rida yashash orqali hayotga bo‘lgan qarashlarini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. U Germaniyada mehnat jarayonlarida qatnashish bilan birga, mahalliy aholining turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini yaqindan o‘rganmoqda.
Krefeld — o‘zining zamonaviy infratuzilmasi, tartibli shahar hayoti va tarixiy obidalarini uyg‘unlashtirgan maskan. Firo‘zsho bo‘sh vaqtlarida shahar bo‘ylab sayr qiladi, nemis madaniyatiga xos taomlar bilan tanishadi hamda turli ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etadi.
Talabaning aytishicha, “Work and Travel” dasturi unga nafaqat til bilimi va amaliy ish tajribasini mustahkamlash, balki xalqaro do‘stlar orttirish, turli mentalitetlarga moslashish va kelajakda yirik loyihalarda qatnashishga tayyor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham berayotir.
Bunday tajribalar, shubhasiz, yosh avlodning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni ochiq fikrli va tashabbuskor etib tarbiyalaydi. Oxunjonov Firo‘zshoning Germaniyadagi faoliyati ham talabalarga o‘z oldilariga kengroq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘lida dadil qadam tashlash zarurligini ko‘rsatib turibdi.