“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun amaliy tajriba darsi sifatida “D’COTTON” MChJ korxonasiga qiziqarli tashrif tashkil etildi. Ushbu tashrif nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, balki ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy texnologiyalar va korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Talabalar “D’COTTON” korxonasida yuqori samaradorlikka erishish uchun joriy etilgan innovatsion uskunalar, zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari va ilg‘or texnologik jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Shuningdek, ular mehnat sharoitlari, xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda korxonaning ekologik tozalikka oid choralari bilan ham tanishishdi.
Tashrif davomida talabalar korxona mutaxassislari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ishlab chiqarish jarayonidagi bosqichlar, sifat nazorati tizimi hamda eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu esa ularda sanoat va ishlab chiqarish sohasidagi real amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.