Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN ” LOYIHASI DOIRASIDA SPORT TARG’IBOTI

15:18, 12.08.2025      

Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan “Shakarqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida qiziqarli va jo‘shqin “Sport musobaqalari” o‘tkazildi. Ushbu tadbir mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stona muhit yaratishga xizmat qildi.

Musobaqalarda turli yoshdagi ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etib, chaqqonlik, kuch va jamoaviy ruhda bellashdilar. Tadbir davomida sport faqat musobaqa emas, balki sog‘liqni mustahkamlash, intizom va irodani shakllantirish vositasi ekani yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Shu bilan birga, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalladagi maktab o‘quvchilari uchun boks sport turi bo‘yicha muntazam to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu mashg‘ulotlar yosh avlodning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni yomon odatlardan yiroqlashtirish va sport orqali sog‘lom hayotga yo‘naltirishga qaratilgan.

Tashabbuskorlar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar nafaqat yoshlarning sportdagi salohiyatini oshiradi, balki ularning bir-biriga bo‘lgan hurmatini, jamoada ishlash madaniyatini va o‘z maqsadiga erishish yo‘lida qat’iyatini kuchaytiradi.