Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

O’QISHNI KO’CHIRISH: KASBIY – AMALIY IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

15:53, 12.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga o‘qishini ko‘chirishni istagan talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bugungi kunda universitetda musiqiy ta’lim, tasviriy san’at hamda sportning jismoniy madaniyat, kurash, shaxmat va shashka yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy-ijodiy imtihonlar qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.

Ushbu imtihonlar nafaqat talabalar bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi, balki ularning ijodiy salohiyati, mahorati hamda o‘z yo‘nalishidagi yutuqlarini namoyish etish imkonini yaratadi. Jarayon davomida hakamlar hay’ati ishtirokchilar ijrosini adolatli baholash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda eng munosib talabalarni saralashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti bu kabi imtihonlarni o‘tkazish orqali O‘zbekistondagi oliy ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelgusidagi ijodiy hamda professional faoliyatiga mustahkam zamin yaratishni maqsad qilgan.

Imtihonlarda ishtirok etayotgan talabalar uchun bu nafaqat o‘qishni ko‘chirish jarayonining muhim bosqichi, balki o‘z orzulariga bir qadam yaqinlashish imkoniyatidir.