Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO TA’LIM INTEGRATSIYASI

16:30, 12.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini targ‘ib qilishda faol ishtirok etmoqda. Ayni kunlarda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iz Respublikasining yirik ilmiy maskanlaridan biri – O‘sh davlat universitetida bo‘lib, xorijiy abituriyentlarni Farg’ona davlat universitetiga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Uchrashuvlar davomida professor-o‘qituvchilar Farg‘ona davlat universitetining ta’lim dasturlari, zamonaviy o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va xalqaro hamkorlik loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim olishning afzalliklari, talabalar uchun yotoqxona va grant imkoniyatlari, hamda turli fan va sport musobaqalarida qatnashish sharoitlari haqida ham so‘z yuritildi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada mustahkamlash, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Universitet vakillari bu targ‘ibot ishlari nafaqat xorijiy abituriyentlarni jalb etish, balki xalqaro miqyosda O‘zbekiston oliy ta’limining nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanini ta’kidlamoqda.