2025-yil 20-avgust kuni soat 1000 da Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi boʻyicha navbatdagi majlisi oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. Farg’ona davlat universiteti tayanch doktoranti Musayeva Gulnora Abdulxamidovnaning “13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʻyicha “Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish (wiki texnologiyasi asosida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasi muhokamasi.
Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Fargʻona shahri, Al Farg‘oniy ko‘chasi, 42-uy, Fargʻona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti binosi.