Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY ISH HIMOYASI

16:17, 13.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi tayanch doktoranti Mahmudov Mirmuxsin Uchqunbek o‘g‘li 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha yozgan ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Uning “G‘arbiy Farg‘ona qandalalari (Heteroptera: Pentatomoidea) faunasi va ekologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga qaratilgan bo‘lib, sohaning dolzarb masalalarini chuqur tadqiq etgan.

Himoya jarayonida ilmiy ish 100% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu esa tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholanganini ko‘rsatadi.

Mahmudov Mirmuxsin o‘z ishida G‘arbiy Farg‘ona hududida tarqalgan qandalalar turlari, ularning biologiyasi va ekologik xususiyatlarini batafsil o‘rganib chiqdi. Ushbu ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida zararkunandalarga qarshi samarali choralarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.