Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO TALABALA TAJRIBA, YANGI IMKONIYATLAR

16:28, 13.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari joriy yilda xalqaro “Work and Travel” dasturi doirasida Germaniyaning eng go‘zal mintaqalaridan biri — Bavariyada amaliyot o‘tayapti.

Dastur ishtirokchilari hozirda Bavariyaning mashhur “Landhaus Ohe” restoranida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda ular xizmat ko‘rsatish, jamoada ishlash, mijozlar bilan samarali muloqot qilish va mas’uliyatli vazifalarni bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.

Germaniya — boy tarix, o‘ziga xos an’analar va zamonaviy hayot tarziga ega mamlakat. Dastur davomida FarDU talabalari nafaqat kasbiy ko‘nikmalarini oshirmoqda, balki Bavariyaning milliy taomlari, urf-odatlari va ijtimoiy hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytirib, chet el tajribasini boyitadi.

Talabalarning xalqaro dasturlarda faol qatnashishi nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki universitet nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi. FarDU uchun bu kabi loyihalar kelgusida boshqa xalqaro hamkorliklar uchun poydevor vazifasini bajaradi.

“Work and Travel” dasturi — yoshlar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangi do‘stlar orttirish va dunyoni yaqindan bilish imkonini beruvchi noyob tajriba.