Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

AMALIY KO’NIKMALAR VA ILMIY YONDASHUV

16:31, 13.08.2025      


Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida Tabiiy fanlar fakulteti talabalarining amaliyot faoliyati o‘rganildi. Tadbir Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi mudiri A. Ma’rupov hamda Botanika va biotexnologiya kafedrasi mudiri D. Sultonov rahbarligida amalga oshirildi.

O‘zbekiston tumanida joylashgan “Daza” O‘zbekiston–Belgiya qo‘shma korxonasida Biologiya hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tanishuv va ishlab chiqarish amaliyoti kunlik jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur korxona sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va sifat nazorati tizimi bilan faoliyat yuritadi.

Talabalar mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, korxona ish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Xususan:

  • -mahsulot yetishtirishning biotexnologik jarayonlarini o‘rganish;
  • -ozuqaning oqsil va yog‘ miqdorini tahlil qilish;
  • -ishlab chiqarishda mikroflorani nazorat qilish kabi jarayonlarda o‘z tavsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishmoqda.

Mazkur amaliyot nafaqat talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki real ishlab chiqarish jarayonida malaka va tajriba orttirish imkonini yaratmoqda.