Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan iborat guruh “Karyera kuni” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi “Rahimov School” xususiy maktabi filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar maktabning o‘quv jarayoni, ta’lim metodikasi hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar amaliy tajriba orttirish, o‘quvchilarning ingliz tili darslarida ishtirok etish hamda ta’lim muassasasi faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yosh mutaxassislar uchun kelgusidagi kasbiy faoliyatida foydali bo‘lishi, ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yangi g‘oyalar va tajribalar bilan boyitishi kutilmoqda.