Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoasida yana bir dissertatsiya himoyasi! Chet tillari fakulteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi o‘qituvchisi Mirzayeva Gulbaxor Soxibovna o‘z ilmiy faoliyatida yuksak natijaga erishdi.
U 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning semantik tadqiqi hamda tarjima muammolari” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tgan himoyada Mirzayeva Gulbaxor Soxibovnaning ilmiy izlanishlari va natijalari yuksak baholandi hamda 100% ovoz bilan Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
Mazkur ilmiy ish o‘zbek va ingliz adabiy matnlarini lingvokulturologik jihatdan solishtirish, ularning tarjimadagi mazmuniy xususiyatlarini ochib berish hamda tarjima jarayonidagi dolzarb muammolarga yechim topishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.