Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA KULOCHILIK TO’GARAGI FAOLIYATI

14:55, 16.08.2025      

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda Pedagogika-psixologiya va sanʼatshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida fakultetda kulolchilik to‘garagi faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur to‘garakda talabalar milliy hunarmandchiligimizning qadimiy va bebaho turlaridan biri bo‘lgan kulolchilik sir-asrorlarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. Ular loydan turli buyumlar yasash, ularni bezash, naqsh berish jarayonlarini chuqur o‘zlashtirmoqdalar. Bu esa nafaqat san’atga mehr uyg‘otmoqda, balki talabalarning ijodiy tafakkurini, sabr-toqatini va didini ham rivojlantirmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari davomida talabalar o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlarini ko‘rgazmaga tayyorlab, hamkasblari bilan tajriba almashmoqdalar. Ayniqsa, yoshlar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni amaliy san’at orqali keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etayotganlari e’tiborga molikdir.