Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“DOLZARB 90 KUN”: “TEAMDRESS” MCHJ — TALABALARNING AMALIYOT MASKANI

15:04, 16.08.2025      

Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar nafaqat ularning ta’lim olish jarayonini, balki kelajak kasbiy faoliyatida mustahkam poydevor qo‘yishini ham ta’minlamoqda. “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ularning ilmiy-nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga, kasbiy malakasini oshirishiga, eng muhimi, hayotiy tajribasini boyitishiga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari hozirda “Teamdress” MChJ qoshidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyot o‘tab, o‘z bilimlarini real muhitda sinovdan o‘tkazmoqdalar.

Amaliyot jarayonida talabalar kichkintoylar bilan ishlash, ularning yoshiga mos rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etish, turli o‘yinlar orqali tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha tajribali tarbiyachilar bilan hamkorlik qilmoqdalar. Shu bilan birga, bolalarning psixologik xususiyatlarini kuzatish, individual yondashuvni qo‘llash, jamoaviy tarbiyaviy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni egallamoqdalar.

Bunday tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilangina cheklanmay, balki ularda mas’uliyat, tashabbuskorlik, ijodkorlik, mehnatsevarlik kabi sifatlarni ham shakllantirmoqda. Shuningdek, bu kabi amaliy mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirishga ham xizmat qilmoqda.