Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA NAVBATDAGI SUHBAT IMTIHONLARI

15:20, 16.08.2025      

Fargʻona davlat universitetida xalqaro talabalikka qadam qoʻyishni istagan chet el fuqarolari uchun navbatdagi qabul imtihoni onlayn va oflayn boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir universitetning xalqaro hamkorlik doirasida chet ellik yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularni sifatli oliy ta’lim bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Imtihon suhbat asosida oʻtkazilib, unda Misr, Hindiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi qator davlatlardan kelgan oʻnlab yoshlar ishtirok etdilar. Har bir nomzod oʻzining bilim darajasi, dunyoqarashi va tanlagan yoʻnalish boʻyicha tayyorgarlik darajasini namoyish etdi.

Universitet rahbariyati va tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat maxsus komissiya abituriyentlarning javoblarini baholab, ularning kelgusida oʻqishga qabul qilinish imkoniyatlarini aniqladi. Tadbir davomida chet ellik talabalar Fargʻona davlat universitetining oʻquv jarayoni, zamonaviy auditoriyalari, ilmiy laboratoriyalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Fargʻona davlat universiteti xalqaro ta’lim maydonida oʻz oʻrniga ega boʻlib, bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar uchun ochiq eshiklar siyosatini yuritmoqda. Har yili oʻnlab xorijlik yoshlar bu yerda zamonaviy kasb-hunar va chuqur ilmiy bilimlarga ega boʻlib, kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatlari uchun mustahkam poydevor yaratadilar.

Mazkur imtihon ham ana shu ezgu maqsad sari qoʻyilgan navbatdagi muhim qadam boʻldi.