Farg‘ona davlat universitetida talabalarni yotoqxonalarga va ijara xonadonlarga joylashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, 1-avgustdan boshlab talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash ishlari tashkil etilib, bu jarayonni yanada qulay va samarali qilish maqsadida universitet hududida infokioskalar o‘rnatildi.
Infokioskalar orqali talabalar:
Infokioskalar universitet hududining turli nuqtalarida joylashtirilgan bo‘lib, ular yordamida talabalar uchun xizmatlar yanada qulay va tezkor shaklda taqdim etilmoqda.
Ushbu tizimning joriy etilishi talabalarga ortiqcha navbat kutmasdan, o‘ziga qulay sharoitda yashash joyini tanlash imkoniyatini yaratmoqda.