Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING TALABALAR XALQARO E’TIROFGA SAZOVOR BO’LDI

16:56, 18.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti talabalari va bitiruvchilari o‘z ilmiy izlanishlari va erishgan yutuqlari bilan nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda.

Pedagogika-psixologiya va sanʼatshunoslik fakulteti, boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Tursunova Durdonaxon MDH miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy ishlar tanlovida ishtirok etib, "Yurt faxri" nominatsiyasi bo‘yicha ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Tabiiy fanlar fakulteti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bitiruvchisi Ergashev Shukurullo Luqmonjon o‘g‘li ham ushbu nufuzli tanlovda munosib ishtirok etib, "Yurt faxri" nominatsiyasi doirasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuqlar Farg‘ona davlat universiteti talabalari ilm-fan, izlanish va ijodiy faoliyatda yuksak marralarni zabt etayotganidan dalolat beradi.