Farg‘ona davlat universitetida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, ularning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida keng qamrovli o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir universitet hamda viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, bojxona boshqarmasi va Narkologiya markazi hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar. Soha mutaxassislari tomonidan giyohvandlikning biologik va psixologik oqibatlari, ularning inson salomatligi va kelajagiga xavfi batafsil tushuntirildi.
Mazkur o’quv davomida, Narkologiya markazi vakillari giyohvandlikka berilish jarayoni, ruhiy qaramlikning bosqichlari va sog‘liq uchun qaytarib bo‘lmas zararlar haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berishdi.
Seminarda ishtirokchilar giyohvandlikning shaxs va jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari haqida keng qamrovli bilim oldilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli illatlardan ogoh etish va kelajak avlodni zararli odatlardan himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.