Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SHANSI UNIVERSITETI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

17:04, 18.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Xitoyning Shansi universitetidan tashrif buyurgan professorlar va talabalar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida universitetning xalqaro hamkorlikdagi ishlari, jumladan, Shansi universiteti, Shimoli-g‘arbiy universitet hamda Louyang ilmiy tadqiqotlar instituti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma dasturlar va ilmiy tadqiqot ishlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan:

  • -nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar uchun ham amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
  • -tarix, arxeologiya va boshqa o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ilmiy izlanishlarni kengaytirish,
  • -bakalavr va magistr darajasidagi talabalar ishtirokida Tosh davridan bronza davrigacha bo‘lgan qadimiy yodgorliklarni o‘rganish,
  • -ilmiy laboratoriyalar tashkil etish va qo‘shma tadqiqotlar olib borish takliflari ilgari surildi.

Ushbu uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh olimlar va talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda FDUning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishda muhim qadam bo‘ldi.