Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KIBERXAVFSIZLIK TARG’IBOTI

15:58, 19.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan ogohlantiruvchi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda oliygoh fakultetlarining dekanlari va tyutorlari ham qatnashib, yangi o‘quv yili arafasida kiberjinoyatlar xavfi, internet tarmog‘ida sodir etilayotgan turli firibgarliklar va ulardan himoyalanish yo‘llari keng muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan:

  • -ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ehtiyotkorlik bilan saqlash;
  • -turli shubhali havolalar va noma’lum dasturlardan foydalanmaslik;
  • -internet orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish;
  • -talaba-yoshlar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish kabi muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida kiberjinoyatlarning oldini olishda ogohlik va xabardorlikning muhimligi, shuningdek, oliygohda bu yo‘nalishda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.