Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

16:26, 20.08.2025      

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri – yoshlarni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrab-avaylash, ularning ongida mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirishdir. Shu maqsadda Farg‘ona davlat universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Kuldashev, universitetning professor-o‘qituvchilari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi – ilm va ma’rifatning inson hayotidagi beqiyos ahamiyatini chuqur anglatish hamda jaholatga qarshi eng samarali yo‘l sifatida ta’lim va tarbiyaning kuchini namoyon etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

Yoshlarni turli zararli oqimlar va yot g‘oyalardan asrashning dolzarbligi;

Kitob mutolaasi va bilim olishning shaxs kamolotidagi o‘rni;

Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotda ustoz va murabbiylarning mas’uliyati hamda faol ishtiroki.

Shuningdek, ilm-ma’rifat insoniyatni yuksaltiruvchi, jaholatni esa bartaraf etuvchi eng qudratli kuch ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ustoz va pedagoglarga yoshlarga ilmga intilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiya berish borasida tavsiyalar berildi. Uchrashuv universitet jamoasida ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga, yoshlar ongida yuksak ma’naviy qarashlarni shakllantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.