Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Abdunazar Salimov va Farg'ona Davlat universitetining Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda:
- o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilashda hamkorlik qilish;
- "Ijtimoiy ish" ta'lim yo'nalishi bitiruvchilarini Ijtimoiy himoya agentligi tizimiga ishga joylashishlarida izchillikni yuqori saviyada davom ettirish;
talabalar amaliyotini “Inson” markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etish;
yangi o'quv yilida ijtimoiy ish yo'nalishiga qabul qilingan talabalarni Agentlik tizimidagi tashkilotlar hamda "Inson" markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida barcha masalalarda ikki tomonlama hamkorlikni uzviy davom ettirishga kelishib olindi.