Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 413
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 316
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

PROFILAKTIKA – XAVFSIZ HAYOT GAROVI!

16:34, 21.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va xodimlar uchun “Profilaktika – xavfsiz hayot garovi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilar kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Jumladan:

  • -is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari,
  • -yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish,
  • -kiberjinoyatlarning oldini olish yo‘llari,
  • -yoshlar o‘rtasida jinoyatchiliklarni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi.

Mutaxassislar ishtirokchilarga hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berib, xavfsizlik qoidalariga amal qilishning ahamiyatini ta’kidlashdi. Tadbir so‘ngida xodimlar uchun foydali tavsiyalar berildi va savol-javoblar o‘tkazildi.

Mazkur seminar universitet jamoasi uchun xavfsiz hayot tarzini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik choralarni kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.