Farg‘ona shahridagi 01041-harbiy qismda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida yurtimiz mustaqilligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid bobolarimiz xotirasini yod etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir “Jadidlar – millat ko‘zgusi, ozodlik uchun kurashgan yurt fidoyilari” mavzusiga bag‘ishlanib, jadidchilik harakati vakillarining Vatan taraqqiyoti, millat ma’rifati va xalq ongini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlarini yoritib berdi.
Ma’rifiy uchrashuvda Farg‘ona davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Oybek Barziyev o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, jadidlarning:
Ishtirokchilar jadid bobolarimizning fidokorona hayoti va merosidan ibrat olish, bugungi tinch va erkin hayotning qadriga yetish zarurligi haqida chuqur taassurotga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, millatga sadoqat va xalq manfaatlariga xizmat qilish tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.