Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”da “Millat fidoiylari mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 48982-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi tinglovchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida qatag‘on davrida o‘z xalqining ozodligi, millatning erki va Vatan mustaqilligi uchun fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning ibratli hayoti haqida so‘z yuritildi. Muzeydagi eksponatlar orqali o‘sha davr fojialari va xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar yana bir bor esga olindi.
Ishtirokchilar jadid bobolarimiz va mustaqillik yo‘lida qurbon bo‘lgan insonlarning mangu xotirasi oldida hurmat bajo keltirib, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, uni asrab-avaylash barchamizning muqaddas burchimiz ekanini chuqur his etdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va tarixdan saboq olish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.